← Barcha maqolalar
Kartografiya

Koordinata nima? Kenglik va uzunlik

Yer yuzidagi nuqtaning aniq joylashuvini belgilaydigan geografik koordinatalar — kenglik va uzunlik — haqida nazariy kirish.

marta ko'rilgan

Koordinata nima? Kenglik va uzunlik

Oldingi mavzuda vektor va rastr ma’lumotlar bilan tanishdik. Bu ma’lumotlar biror foyda berishi uchun ular Yer yuzida aniq qayerda joylashishi belgilanishi kerak. Bu vazifani koordinatalar bajaradi.

Geografik koordinatalar — Yer yuzasidagi istalgan nuqtaning joylashuvini ikki burchak qiymati bilan aniqlaydigan tizimdir: kenglik va uzunlik.

Kenglik (latitude)

Kenglik — nuqtaning ekvatordan shimol yoki janubga qanchalik uzoqligini ko’rsatadi. U 0° (ekvator) dan 90° (qutblar) gacha o’lchanadi. Ekvatordan shimolda — shimoliy kenglik, janubda — janubiy kenglik.

Uzunlik (longitude)

Uzunlik — nuqtaning bosh meridiandan (Grinvich) sharq yoki g’arbga qanchalik uzoqligini ko’rsatadi. U 0° dan 180° gacha o’lchanadi.

Koordinata qanday yoziladi?

Bir nuqta koordinatasi juftlik ko’rinishida yoziladi. Masalan, Toshkent taxminan 41.3° shimoliy kenglik, 69.2° sharqiy uzunlik da joylashgan. Bu ikki qiymat butun Yer yuzida faqat bitta nuqtani belgilaydi.

Koordinatalar graduslar-daqiqalar-soniyalar (41°18′) yoki o’nlik graduslar (41.3°) shaklida ifodalanishi mumkin.

Xulosa

Geografik koordinatalar — kenglik va uzunlik orqali Yer yuzidagi har qanday nuqtani yagona tarzda belgilaydigan tizimdir. Aynan shu tizim tufayli fazoviy ma’lumotlar to’g’ri joyga bog’lanadi.

Biroq Yer sharsimon, xarita esa yassi. Keyingi mavzuda koordinatalar qanday qilib yassi xaritaga o’tkazilishini — koordinata tizimlari va proyeksiyalarni ko’rib chiqamiz.